O‘zbekistonlik yengil atletikachi Chexiyadagi xalqaro musobaqada 1-o‘rinni egalladi

Sport 18:22 / 08.02.2018 7625

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Nadiya Dusanova Chexiyaning Brno shahrida bo‘lib o‘tgan Brněnská laťka-2018 musobaqasida qatnashib, balandlikka sakrash bo‘yicha bellashgan sportchilar orasida eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medal bilan mukofotlandi. Yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. 

Brněnská laťka-2018 musobaqalarida dunyoning 9 mamlakati - Chexiya, Italiya, Polsha, Belarus, Ukraina, Lyuksemburg, Chernogoriya, Xorvatiya va O‘zbekistonning eng kuchli sportchilari to‘planishdi. 

O‘zbekistonlik Nadiya Dusanova birinchi urinishda 190 sm, ikkinchi urinishda - 192 sm natija bilan 1-o‘rinni egalladi. 

Ikkinchi o‘rinda 190 sm natija bilan chernogoriyalik Mariya Vukovich nomi qayd etildi. Uchinchi o‘rin esa 186 sm natija bilan chexiyalik Lada Peychalova tomonidan band etildi. 

Bundan avval Dusanovaning Tehronda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ham oltin medal sohibasi bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Uning navbatdagi musobaqasi 9 fevral kuni Fransiya shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Ko‘proq yangiliklar: