"O‘zbekiston pochtasi" zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga tayyor: Zoodel bilan Anglashuv memorandumi imzolandi

Fan-texnika 17:21 / 08.02.2018 10878

8 fevral kuni "O‘zbekiston pochtasi" AJ va Zoodel kompaniyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, memorandum Milliy pochta bosh direktori Shuhrat Otamuhammedov va Zoodel'ning MDH mamlakatlari bo‘yicha bosh direktori Sardor Muhammadaliyev tomonidan imzolangan. 

Hujjat doirasida tomonlar O‘zbekiston biznesining xalqaro bozorlarga kirish uchun raqobatbardoshligini oshirish mexanizmiga aylanishiga, tijorat aloqalari rivoji uchun zamin yaratilishiga va Ipak yo‘li mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama savdo hajmi oshishiga umid qilishmoqda. Tomonlar o‘zaro tajriba va ma'lumotlar almashishadi, xalqaro elektron tijoratni  rivojlantiruvchi tadbirlardagi ishtirok bilan ta'minlaydi.

2018 yilda O‘zbekistonda ZoodMall yangi elektron onlayn maydoni xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, dilerlar, savdo markalari vakillariga o‘z mahsulotlarini vositachilarsiz sotish imkonini beradi. 

Mavzuga oid: Zoodel "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan" belgisi nufuzini oshirishga bel bog‘ladi

Zoodel kompaniyasi "O‘zbekiston pochtasi" AJ bilan hamkorlikda ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga tovarlarni o‘zlariga qulay usulda eksport qilishni taklif etadi, ya'ni:
mobil ilova orqali ZoodMall saytiga tovarlarni joylashtirish;
ZoodMall'ga joylangan tovarlarni V2S jahon savdo maydonlari (eBay, AliExpress, Lazada, Cdiscount va b.)orqali targ‘ib qilish.

Bu O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni kuniga yuzlab million xaridorlar e'tiboriga havola qiladi. O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun dasturda bepul ro‘yxatdan o‘tish ko‘zda tutilgan.

"ZoodMall" mobil ilovasi o‘zbekistonlik tadbirkorlarga xalqaro bozorlarda onlayn savdo yuritish imkonini beradi. Bu esa 300 milliondan ziyod salohiyatli xaridorlar demakdir. O‘zbekistonlik iste'molchilar hamyonbop narxlar va eng yaxshi takliflarga (1 milliondan ortiq tovar) ega bo‘lishadi", - deydi Zoodel rahbari."O‘zbekiston pochtasi" pochta aloqalarining zamonaviy xizmatlarini yo‘lga qo‘yishga tayyor va mazkur hamkorlik yaqin kelajakda o‘z natijalarini berishiga umid qiladi", - deydi Milliy pochta bosh direktori.

Foto: Zoodel 

“Accenture Consulting” global konsalting kompaniyasining hisobotiga ko‘ra, 2020 yilga borib V2S xalqaro elektron savdo bozori yanada rivojlanib, dunyoning 900 milliondan ortiq aholisi xalqaro xaridlarni onlayn usulda amalga oshiradi. "O‘zbekiston pochtasi" va Zoodel hamkorligi mamlakatimizda elektron kommersiya va pochta xizmatlari rivojiga yangicha nafas baxsh etadi.

Ko‘proq yangiliklar: