Amerikaning Tesla kompaniyasi o‘z tarixida rekord darajadagi chorak zarariga ega bo‘ldi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, kompaniya zararlari 2017 yilning to‘rtinchi choragi yakunlari bo‘yicha 675 mln dollarni tashkil qildi. Bir yildagi umumiy defitsit 1,96 mlrd dollarga teng bo‘ldi.
Tesla asoschisi Ilon Mask va Tesla moliyaviy direktori Dipak Axujining ta'kidlashicha, 2018 yilda operatsion daromad barqaror ijobiy darajaga chiqishi kerak.