Xabarlar almashish ilovalari bozorida avvalgidek WhatsApp va Facebook messenjerlari gigantlari yetakchilik qilmoqda. Bu ikki messenjer birgalikda 168 mamlakatda 1-o‘rinni egallab, dunyo aholisi eng ko‘p foydalanuvchi messenjer ilovalarining 89 foizini tashkil qiladi. Similarweb sayti Hootsuite hamda We Are Social agentligining messenjerlar bo‘yicha tadqiqot hisobotini taqdim etdi.
WhatsApp Messenger ilovasining o‘zi 104 (2016 yilda 107 mamlakatda) mamlakatda eng ko‘p foydalaniluvchi messenjer sifatida 1-o‘rinda qayd etilgan. U 45 mamlakatda 90 foizdan ortiq qurilmaga yuklangan.
Facebook Messenger esa 64 mamlakatda (2016 yil 58 mamlakatda) yetakchilik qilmoqda.
Bundan tashqari, 10 mamlakatda - Viber messenjeri, 3 mamlakatda esa - Line top-ilova hisoblanishi ma'lum qilindi. Shu bilan birga messenjerlar xaritasida Telegram, WeChat hamda KakaoTalk nomlari ham qayd etilgan.
Yangi imo messenjeri O‘zbekiston va Turkmaniston aholisi tomonidan faol foydalanishi ta'kidlangan. Uch ilova esa doimiy reytingdan tushib qolgan - Skype, Zalo va BBM.