Germaniya Kubogining yarim finalidagi barcha ishtirokchilar ma'lum

Sport 09:33 / 08.02.2018 5589

Gelzenkirxendagi «Feltins-Arena» stadionida Germaniya Kubogi chorak finali doirasida «Shalke» — «Volfsburg» bahsi o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuv maydon egalarining kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona gol 10-daqiqada Gvido Burgshtaller tomonidan urildi.

Shu tariqa, «Shalke» Germaniya Kubogi yarim finaliga chiqdi. Bungacha «Bavariya», «Bayyer» va Frankfurtning «Ayntraxt» jamoalari yarim final masalasini hal qilib bo‘lgandi.

Germaniya Kubogi
1/4 final

Shalke-04 – Volfsburg 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 10 Burgshtaller.
Shalke-04 – Fermann, Naldo, Nastasich, Ochipka, Kerer, Mayyer, Shopf, Xarit (Kalidjuri, 90), Gorettska, Pyatsa (Toyxert, 76), Burgshtaller.
Volfsburg – Kastels, Bruma, Gerxardt (Didavi, 71), Tisseran (Villiam, 61), Knoxe, Arnold, Gilavogi (Osimxen, 80), Malli, Yung, Origi, Mexmedi.
Ogohlantirishlar: Mexmedi (42), Ochipka (78), Naldo (84), Arnold (90), Burgshtaller (90), Villiam (90).

Ko‘proq yangiliklar: