«Ayntraxt» penaltilar seriyasida «Borussiya»ni yengib Germaniya Kubogi finaliga chiqdi

25 aprel oqshomida Germaniya Kubogining birinchi yarim finalida Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasi Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi mehmoni bo‘ldi va g‘alabaga erishdi.
O‘yinning 15-daqiqasida Taleb Tavata mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Yonas Xofman hisobni tenglashtiruvchi golni urdi.
Ikkinchi bo‘limda gol bo‘lmadi va jamoalar overtaymlarga taklif etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham g‘olib aniqlanmagach, penaltilar seriyasi boshlandi hamda unda omad «Ayntraxt» tomonida bo‘ldi — 7:6. Shu tariqa frankfurtliklar jamoasi Germaniya Kubogining ilk finalchisiga aylandi.
Turnirning ikkinchi finalchisi 26 aprel kuni Myunxenda «Bavariya» va Dortmundning «Borussiya» jamoalari uchrashuvida aniqlanadi.
Germaniya Kubogi
1/2 final
Borussiya M – Ayntraxt F 1:1 (1:1, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 6:7
Gollar: 0:1 – 15 Tavatxa, 1:1 – 45 Xofmann.
Borussiya M – Zommer, Kristensen, Vendt (Shults, 41), Elvedi, Vestergor, Shtrobl, Daud (Benesh, 80), Xofmann (Sou, 112), Traore (Xerrmann, 90), Xan, Shtindl.
Ayntraxt F – Gradetski, Xektor, Ochipka, Tavatxa (Russ, 103), Abraam, Gachinovich, Maskarel (Volf, 59; Varela, 72), Fabian, Chendler, Rebich (Seferovich, 75), Xrgota.
Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4, 5:5, 6:5, 6:6, 6:7.
Ogohlantirishlar: Vendt (24), Fabian (60), Varela (80), Shults (90), Xan (90).
Mavzuga oid

19:55 / 07.06.2023
«Borussiya» Jud Bellingem «Real»ga transfer qilinganini e’lon qildi

12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari

11:29 / 22.02.2023
«Real» o‘z uslubida. Madrid klubi yana YeChL o‘yinida burilish yasadi

19:48 / 10.05.2022