Dunyoning eng zamonaviy davlatlaridan biri Singapurda butun dunyodan olib kelingan samolyotlar ishtirokida o‘ziga xos shou o‘tkazilmoqda.
2008 yildan buyon o‘tkazib kelinadigan Singapore Airshow - aviakompaniyalar orasida juda mashhurdir. Dunyoning deyarli barcha yirik aviakompaniyalari unda o‘z samolyotlari bilan ishtirok etadi. Harbiy samolyotlar ham shu jumladan.
Bu yilgi shou 6 fevraldan 11 fevralgacha bo‘lgan kunlarida o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Ko‘pchilikning e'tiborini Braziliyaning Embraer korxonasi ishlab chiqargan Embraer 190-E2 samolyoti o‘ziga tortdi. Janubiy amerikaliklar bu samolyotning old tomonini yo‘lbars kabi bezab, ajoyib ko‘rinishga keltirishgan.
Quyida Singapurda davom etayotgan ajoyib musobaqadan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.