Boeing yangi 737 MAX 7 samolyotini taqdim qildi

Fan-texnika 00:46 / 07.02.2018 10166

6 fevralda MAX 7 modelidagi ilk Boeing 737 samolyoti AQShning Vashington shtatidagi Renton zavodidan chiqdi. Yangi model avvalgi 737-700’ga qaraganda 1,6 ming km ko‘proq ucha oladi va ko‘proq yo‘lovchi tashiy oladi hamda 18 foiz kamroq yonilg‘i sarflaydi. Bu haqda New Atlas xabar bermoqda. 

MAX 7 modeli 737 MAX modellar qatorining uchinchi va eng yangi modeli hisoblanadi. Reaktiv layner 172 yo‘lovchiga mo‘ljallangan va MAX oilasi uchun rekord uzoqlikka – 6,2 ming km ga ucha oladi.

MAX 7 o‘zining bosh raqobatchisi – Airbus’ning A319neo samolyotiga nisbatan 12 yo‘lovchi ko‘proq sig‘dira oladi, 640 km masofa ko‘proq ucha oladi va 7 foiz kamroq yonilg‘i sarflaydi.

“Katta balandliklar yoki chekka hududlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniyalar uchun MAX 7 asosiy flotga mukammal to‘ldirma bo‘ladi. Biz bu samolyotning aqlbovar qilmas qayishqoqligi va uzoq masofaga uchishini namoyish qilish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”, deb aytgan 737 MAX bosh menejyeri Kit Leverkun.

Samolyotni Southwest Airlines kompaniyasiga yetkazib berilgandan keyin 2019 yildan foydalanishga kiritish rejalashtirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: