Samsung vorisi turmada o‘tirganda 2,1 mlrd dollarga boyidi

Fan-texnika 08:30 / 06.02.2018 7352

Samsung Electronics kompaniyasining vitse-prezidenti va rahbari, 49 yoshli milliarder Li Chje Yen unga chiqarilgan 5 yillik qamoq jazosidan bir yilini qamoqda o‘tkazib, ozodlikka chiqarildi. 

Seul markaziy okrug sudi tomondan Li Chje Yenga nisbatan 2017 yil avgustda hukm chiqarilgandan o‘tgan yarim yil ichida milliarderning boyligi 6,9 mlrd dollardan 8,1 mlrd dollarga ko‘paygan. Li Chje Yen qamoqda o‘tkazgan 353 kun ichida esa uning boyligi umumiy miqdorda 2,1 mlrd dollarga ko‘paygan. 

Kompaniyaning rahbarini ozod qilish haqidagi qaror Seul oliy sudi tomondan qabul qilindi. Sud Li Chje Yen advokatlari tomondan berilgan apellyatsiya arizasini qondirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: