Nissan chang‘i va gusenitsalarda harakatlanuvchi rodster taqdim qildi (video)

Fan-texnika 10:19 / 06.02.2018 10388

Nissan yapon kompaniyasining AQShdagi filiali qorli yo‘llar uchun mo‘ljallangan 370Zki rodsterining kontseptini namoyish qiluvchi videorolik bilan bo‘lishdi. Bu kontseptda oldi g‘ildiraklar chang‘ilar, orqa g‘ildiraklar esa gusenitsalar bilan almashtirilgan. Kontsept 8 fevralda ochiladigan Chikago avtosalonida ommaviy namoyish qilinadi.

Model Nissan 370Z negizida yagona nusxada yaratilgan va qorli qiyaliklar bo‘ylab ham yura oladi. Prototipni yaratish jarayonida Nissan muhandislari 370Z’ning podveskasini to‘liq o‘zgartirish, g‘ildirak arkalarini kengaytirish va rodster kuzovini 3 dyuymga (8 sm) ko‘tarishlariga to‘g‘ri kelgan. 

Rodster 3,7 litrli, 6 silindrli, 322 ot kuchiga ega benzin dvigatel va 7 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi, modernizatsiya qilingan tormoz tizimi va kuzov tubining qo‘shimcha himoyasi bilan jihozlangan. Kuzov tirnalishlardan himoyalovchi maxsus plyonka bilan qoplangan. 

Bu mashina yapon kompaniyasining gusenitsali avtomobillar yaratishdagi birinchi tajribasi emas. Kompaniya 2016 yilda Rogue krossoveri negizida yaratilgan gusenitsali Warrior prototipini taqdim qilgandi. Mashina yo‘l bilan tubi orasidagi 58 sm lik oraliq evaziga 45 graduslik qorli nishabliklardan o‘ta olgan, maksimal tezligi 100 km/soatni tashkil qilgan.

Nissan 2017 yilda Rogue Trail Warrior Project gusenitsali krossoverini taqdim qilgan. Mashina kamuflyaj ko‘rinishida bo‘yalgan bo‘lib, tomida yorug‘lik diodli chiroqlar, oldida esa elektr chig‘ir (lebyodka) o‘rnatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: