iPhone X egalari qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishda muammolarga uchrayotganlaridan shikoyat qilishdi

Fan-texnika 00:20 / 06.02.2018 7114

iPhone X egalari kiruvchi qo‘ng‘iroq vaqtida smartfon displeyi kech faollashayotganidan shikoyat qila boshlashdi. Bu muammo foydalunuvchilarga qo‘ng‘iroqqa tez javob berishga imkon bermayapti. Bunday yuzlab shikoyatlar Apple’ning qo‘llab-quvvatlov forumida bildirilgan.

Muammo shundan iboratki, kirish qo‘ng‘irog‘i vaqtida qurilma vibratsiya qilib va kuy chaladi, biroq uning ekrani 6-10 soniyadan keyin faollashadi, ba'zi holatlarda esa umuman yoqilmaydi. Oqibatda smartfon egalari qo‘ng‘iroqqa javob berish uchun ekran yoqilishini kutmoqdalar yoki ba'zida umuman javob bera olmayaptilar.

Financial Times nashrining ma'lum qiishicha, Apple mutaxassislari ushbu muammoni o‘rganmoqdalar. Kompaniyaning qarori qachon e'lon qilinishi noma'lum.   

Avvalroq Canalys kompaniyasi tahilchilari iPhone X’ni dunyodagi eng xaridorgir  smartfon deb atashgan. Qurilmadan 2017 yil 4-choragida 29 mln dona sotilgan. Biroq shunga qaramay, kompaniya smartfonga talab katta emas deb hisoblab, 2018 yil 1-choragida uning ishlab chiqarilishi hajmini kamaytirmoqchi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: