Hyundai Santa Fe modeli: ilk suratlar va ma'lumotlar

Fan-texnika 23:34 / 06.02.2018 13840

Hyundai kompaniyasi yangi avloddagi Santa Fe krossoverining ilk suratlarini namoyish qildi va u haqdagi ba'zi ma'lumotlarni oshkor qildi. Janubiy Koreyada mashina 2 va 2,2 litrli dizel va 2 litrli benzinda ishlovchi dvigatelllar bilan taklif qilinadi. Uzatmalar qutisi 8 pog‘onali, avtomat. 

Mashina mutlaq yangi dizayn olgan. Krossover salonida e'tiborni tortuvchi jihat uch pog‘onali asboblar paneli alohida turgan multimedia tizimi displeyi, shamollatish teshiklari bloki va iqlim-nazorat va axborot-ko‘ngilochar tiziminini boshqaruvchi blokdan iborat.  

Foto: Hyundai 

Santa Fe’da o‘rnatilgan qurilmalar ichidan BlueLink 2.0 tizimi joy oladi. Bu tizim smartfon yordamida masofadan turib avtomobilning asosiy funksiyalarini boshqarishga imkon beradi. 

Foto: Hyundai 
Foto: Hyundai 

Yangi avloddagi Santa Fe’ning elektron yordamchilari ro‘yxati old to‘qnashuvlardan himoya qilish tizimlari, polosada qolish, haydovchi toliqqanligini nazorat qilish, uzoqni yorituvchi chiroqlarni avtomatik boshqarish va orqa o‘rindiqlarda bolalar esdan chiqarib qoldirilganidan ogohlantiruvchi Rear Occupant Alert funksiyasidan iborat.

Ko‘proq yangiliklar: