«Napoli» qatorasiga yettinchi g‘alaba bilan birinchi o‘ringa chiqdi

Sport 09:37 / 05.02.2018 6288

«Napoli» Italiya chempionatining 23-turida «Benevento» maydoniga safar qildi. Uchrashuv mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda gollarga Dris Mertens va Marek Hamshik mualliflik qilishdi.

Ushbu g‘alaba neapolitanliklar uchun qatorasiga yettinchi g‘alaba bo‘ldi. Jamoa A Seriyada o‘tgan yilning 1 dekabridan buyon mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. O‘shanda jamoa «Yuventus»ga yutqazgandi (0:1).

Navbatdagi g‘alabadan keyin «Napoli» «Yuventus»ni bir ochkoga ortda qoldirib, yana turnir jadvalida peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi.

Italiya chempionati
23-tur

Benevento – Napoli 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 20 Mertens, 0:2 – 47 Gamshik.
Benevento – Pudjoni, Letitsia, Gimsiti, Kosta, Venuti, Sandro (Del Pinto, 83), Brinola (Koda, 63), Kataldi, Djurichich (Memushay, 68), D'Alessandro, Gilerme.
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, Mariu Ruy, Allan, Jorjino (Diavara, 78), Gamshik (Zelinski, 70), Kalexon, Mertens (Rog, 76), Insine.
Ogohlantirish: Gimsiti (73).

Ko‘proq yangiliklar: