Renault Trucks 2019 yildan boshlab elektr yuk mashinalari sota boshlaydi

Fan-texnika 00:44 / 04.02.2018 10223

Renault Trucks kompaniyasi 2019 yildan o‘zining elektr yuk mashinalarini sotishni boshlashini e'lon qildi. Kompaniya shu maqsadda Fransiyadagi zavodida maxsus yig‘ish liniyasini qurmoqda, deb xabar bermoqda Electrek.

Renault Trucks elektr dvigatellarda yuruvchi yuk mashinalari ishlab chiqarishga qaror qilgan birinchi kompaniya emas. Daimler Yevropada bunday mashinalarni ishlab chiqarmoqda. Tesla’ning elektr yuk mashinalari borasidagi rejasi ham hammaga ayon. Renault Trucks elektromobillar ishlab chiqarishda katta tajribaga ega. Kompaniya 2010 yildayoq 4,5 tonna yuk ko‘taruvchi Electric Maxity elektr yuk mashinasini ishlab chiqargan. 

“Bizning Electric Maxity bilan erishgan tajribamiz bizga elektromobillar sotishda, ularga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlashda yuqori tezlikka erishishga imkon beradi. Bugungi kundagi elektrmobillarimiz 2010 yilda bo‘lmagan raqobatbardosh yechimlardir”, deb aytgan kompaniyaning energiya samaradorlik strategiyasiga javob beruvchi xodimi Fransua Savoyye.

Renault Trucks’ni Renault kompaniyasi bilan adashtirmaslik kerak. Ikkala kompaniyaning ham nomi va logotipi bir xil bo‘lganiga qaramasdan, Renault Trucks elektr yuk mashinalar bozori borasida o‘z rejasiga ega bo‘lgan Volvo guruhiga tegishli. 

Ko‘proq yangiliklar: