Boks Olimpiada dasturidan chiqarilishi mumkin

Sport 20:50 / 04.02.2018 27702

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi boksning 2020 yilgi Olimpiada dasturiga kiritilishi bo‘yicha pozitsiyani qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda XOQ prezidenti Tomas Bax ma'lum qildi. Ayni vaqtda XOQ Xalqaro havaskorlik boksi assotsiatsiyasi AIBA’ni moliyalashtirishni to‘xtatdi.

“XOQ boksning O‘smirlar o‘yinlariga va 2020 yilgi Olimpiadaga kiritilishini ko‘rib chiqish huquqini o‘zida qoldiradi”, deb aytgan Bax matbuot anjumanda. 

Baxning aytishicha, AIBA bilan aloqalar minimum darajaga keltirilib, uning boshqaruv tizimini taftish qilish jarayoni boshlangan. Ehtimol, ushbu holat AIBA rahbarining iste'fosiga olib kelgan korruptsion mojaro bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin.

“Bu qaror AIBA uchun juda noxushdir, chunki uyushma XOQ ijroiya qo‘mitasi ko‘proq choralarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jarayonlar ko‘proq vaqt talab qilishini va oxirgi vaqtda amalga oshirilgan qadamlar AIBA’ning islohotlarga tayyorligidan darak berishini tushunishiga umid qiladi. AIBA keyingi 6 oy ichida tashkiliy nazoratdan o‘tadi, bu nazorat AIBA uchun “yangi reja”ga olib keladi. Bu reja va tayyorlangan tavsiyalar AIBA ijroiya qo‘mitasining iyuldagi yig‘ilishida muhokama qilinadi”, deb aytilgan AIBA matbuot xizmatida.  

Ko‘proq yangiliklar: