O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi

Foto: the-AFC
Xitoy Taypeyi mamlakatida davom etayotgan Futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida ikkinchi tur uchrashuvi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Har ikki bo‘limda 2:1, jami 4:2 hisobi qayd etilgan uchrashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlarining qo‘li baland keldi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi ketma-ket ikkinchi turda ham g‘alaba qozondi. So‘nggi turda jamoa musobaqaning asosiy favoritlaridan biri Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 2018
2-tur
Tojikiston – O‘zbekiston 2:4 (1:2)
Gollar: Umed Qo‘ziyev (18), Dilshod Salomov (39) — Dilshod Rahmatov (9), Davron Choriyev (12, 37), Mashrab Odilov (26).
Tojikiston (asosiy beshlik): 1. Firuz Bekmurodov, 6. Rahmonali Sharipov, 8. Shavkat Halimov, 10. Nekruz Alimahmadov, 14. Dilshod Salomov
Zaxira: 2. Murodullo Aliqulov, 3. Iqboli Vositzoda, 4. Bahodir Xojayev, 5. Sobirjon Gulyakov, 7. Rustam Hamidov, 9. Fayzali Sardorov, 11. Firuz Sangov, 12. Umed Qo‘ziyev, 13. Muhammadjon Sharipov
O‘zbekiston (asosiy beshlik): 1. Rustam Umarov, 14. Konstantin Sviridov, 11. Artur Yunusov, 7. Dilshod Rahmatov, 8. Farhod Abdumavlonov.
Zaxira: 12. Akmal Hazratqulov, 2. Anasxon Rahmatov, 3. Mashrab Odilov, 4. Ixtiyor Ropiyev, 5. Dilmurod Shavkatov, 6. Ilhom Hamroyev, 9. Davron Abdurahmonov, 10. Davron Choriyev, 13. Husniddin Nishonov.
Mavzuga oid

13:50 / 09.02.2025
Dilshod Rahmatov futzalchilik faoliyatini yakunladi

23:10 / 11.10.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston futzal milliy jamoasi JCh-2024dan keyin 10 pog‘ona pastladi

16:42 / 08.10.2024
O‘zbekiston futzal jamoasi bosh murabbiyi bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi

13:19 / 07.10.2024