Yaponiya dunyodagi eng kichkina raketa-tashuvchini uchirdi

Fan-texnika 11:09 / 03.02.2018 7428

Yaponiyaning JAXA kosmik agentligi shanba kuni dunyodagi eng kichkina raketa-tashuvchi SS-520-5’ni muvaffaqiyatli ravishda uchirdi. Sinov translyatsiyasi agentlik saytida jonli efirda namoyish etilgan.

Uzunligi 9 metrni tashkil qiluvchi raketa-tashuvchi Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kagosima prefekturasida joylashgan Utinoura kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 14:03 (Toshkent vaqti bilan 10:03)da uchirilgan.

U orbitaga geologiya-qidiruv va aloqa bo‘yicha uch kilogrammli tajribaviy sun'iy yo‘ldoshni chiqarishi lozim. Qurilma Tokio universitetida ishlab chiqilgan bo‘lib, Yer yuzasini fotosuratga olishga mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: