2017 yilning eng chiroyli mashinalari ma'lum qilindi 

Fan-texnika 19:51 / 03.02.2018 57428

Parijda 33-sonli xalqaro avtomobil festivali bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida an'anaviy ravishda yakunlangan yilning eng chiroyli mashinalari ma'lum qilindi. Festivalning hakamlar hay'ati g‘oliblarni ham seriyali ishlab chiqariluvchi mashinalar, ham kontsept-karlar orasidan tanlab oldi. Bundan tashqari, festival tashkilotchilari ikkita personal mukofot topshirishdi. Bular haqida quyida bilib olasiz.    

2017 yilning eng chiroyli avtomobili – Alpine A110

Alpine A110 kupesi debyuti 2017 yil martida Jyenevadagi avtosalonda bo‘lib o‘tgan. Mashina qayta tiklangan brendning ilk modeli bo‘ldi. Kupe 1,8 litrli, 252 ot kuchiga ega turbodvigatel bilan jihozlanadi va 100 km/soat tezlikka 4,5 soniyada erisha oladi.

Bu yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblikka BMW X2 (2-o‘rin), DS7 Crossback (3-o‘rin), Volvo XC60, Jaguar E-Pace va Mazda MX-5 modellari ham da'vogarlik qildi. G‘oliblar xalq tomondan ovoz berish orqali aniqlandi.

Foto: Alpine A110
Foto: Alpine A110

2017 yilning eng chiroyli intereri – DS7 Crossback

DS7 eng bosh unvon uchun g‘oliblikni qo‘ldan boy bergan bo‘lsa-da, biroq mukofotsiz qolmadi va eng chiroyli interer yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. 

Foto: DS7 Crossback

2017 yilning eng chiroyli superkari – McLaren 720S

Parijda yil superkari sifatida McLaren 720S e'tirof etildi. Ushbu ikki eshikli mashina ham Jyenevada ilk bor taqdim qilingandi. Kupe 4 litrli, 8 silindrli tvin-turbo motor bilan jihozlangan, uning quvvati 720 ot kuchini tashkil qiladi. Superkar 100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada erishadi.

Foto:McLaren 720S
Foto: McLaren 720S

Eng chiroyli superkarni 17 kishidan iborat hay'at tanladi. Bu toifadagi avtomobillar uchun zaruriy shart – ular 60 ming yevrodan qimmat bo‘lishi lozim. G‘oliblik uchun, shuningdek, Aston Martin Vantage, Ferrari Portofino va Porsche Panamera modellari ham da'vogarlik qildi.

2017 yilning eng chiroyli kontsept-kari – Mazda Concept Vision Coupe

Bu mukofot Mazda kompaniyasiga qatorasiga ikkinchi yil nasib qilmoqda. 2016 yilda eng chiroyli prototip sifatida RX-Vision kupesi e'tirof etilgandi, endi bu nomga Concept Vision Coupe loyiq deb topildi. Mashina 2017 yil kuzida Tokiodagi motorshouda ko‘rsatilgan. 

Bu yo‘nalishda g‘oliblik uchun da'vogarlar boshqa yo‘nalishlarga qaraganda eng ko‘p bo‘ldi. Unvon uchun Audi Aicon, BMW i Vision Dynamics, Kia Proceed Concept, Lamborghini Terzo Millennio, Mercedes-Benz AMG GT Concept, Mercedes-AMG Project One, Vision Mercedes Maybach 6 Cabriolet, Nissan Vmotion va Peugeot Instinct kurash olib bordi.

Foto: Mazda Concept Vision Coupe
Foto: Mazda Concept Vision Coupe

Futuristiklik uchun mukofot – Italdesign Airbus Pop. Up

Festivalda 2017 yilning eng futuristik loyihasi sifatida Pop. Up prototipi e'tirof etildi. Prototip quruqlikda va havoda harakatlanish uchun almashinuvchi modullarga ega uchuvchi avtomobil bo‘lib, u Italdesign atelesi va Airbus kompaniyasi tomondan yaratilgan. Bu yo‘nalishda g‘oliblikaa Honda Urban EV, Smart Vision EQ ForTwo va Volkswagen Sedric ham da'vogarlik qildi.

Foto: Italdesign Airbus Pop. Up

Kreativlik uchun mukofot – Renault Symbioz

Ushbu yo‘nalishda g‘oliblik Renault Symbioz kontseptiga nasib qildi. G‘alaba uchun fransuz kontsepti bilan birga Honda Neuv, Infiniti Prototype 9 va Renault RS 2027 Vision kurashdi. 

Foto: Renault Symbioz

Eng yaxshi dizayner – Jyerri MakGovern

Festivalning individual mukofotlaridan biri Land Rover avtomobillari yaratuvchisi Jyerri MakGovernga topshirildi. U 2017 yilning eng yaxshi avtomobillar dizayneri deb topildi. 

Foto: Jyerri MakGovern

Alohida xizmatlari uchun mukofot – Karlos Gon

Renault-Nissan alyansi rahbari Karlos Gon alohida xizmatlari uchun mukofoti bilan taqdirlandi. Ko‘rinishicha, bu mukofot unga u rahbarlik qiluvchi alyans endi Renault-Nissan-Mitsubishi deb atalayotgani uchun berilgan. 

Foto: Karlos Gon

 

Ko‘proq yangiliklar: