BAA rahbariyati tarixdagi ilk kosmik gospitalni yo‘lga qo‘yish loyihasiga start berilishi haqida e'lon qildi. Khaleej Times shu haqida xabar berdi. Bunday gospitalni qurish niyati haqida Arab Health 2018 forumi doirasida bayon qilingan.
"Kosmonavtlar kosmik kema bortida bo‘la turib, nanotexnologiyalar sharofati bilan masofadan barcha zarur davolash muolajalarini olishlari mumkin bo‘ladi, biz esa Yerdan turib bu jarayonni nazorat qilamiz va boshqaramiz, - dedi sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Qultum Al-Bilushiy. - Jarrohlar qonga nanorobotlarni yo‘llashadi, bu esa kelgusida jarrohlik aralashuvi zaruratini yo‘qqa chiqaradi, zero ular kasallangan hujayralarni topib, ularni qayta tiklash bilan shug‘ullanishadi".
Bundan tashqari, robotlar doimiy skanerlash yo‘li orqali kosmonavtlarning hayotiy ko‘rsatkichlarini hisoblab boradi. Bu mutaxassislarga ularning sog‘lig‘i haqida batafsil ma'lumot olish imkonini beradi.
Sog‘liqni saqlash va profilaktika vaziri Abd Ar-Rahmon bin Muhammad Al-Avaysning ta'kidlashicha, loyiha Yerda bir necha marta sinovdan o‘tkaziladi, shundan keyin kosmosda foydalanishga moslashtiriladi.
Kelgusida kosmonavtlarni davolash uchun qo‘llanadigan yana bir asosiy texnologiya sun'iy intellekt bo‘ladi. "Turli kasalliklar, shu jumladan surunkali kasalliklarni davolashdagi barcha usullar tibbiyot sohasidagi so‘nggi yutuqlarga hamohang bo‘ladi", - qo‘shimcha qilgan u.