Neft giganti elektromobillar uchun mobil zaryadlash qurilmalariga mablag‘ yo‘naltiradi

Fan-texnika 01:09 / 01.02.2018 5499

VR — sanoatdagi eng konservativ neft kompaniyalaridan biri - 5 million dollar kiritishga munosib startapni topdi. FreeWire eski akkumulyatorlardan mobil zaryad stansiyalarini yasaydi — bu AYoQShga keluvchilarga yangi xizmatni taqdim etish va talabni tekshirish uchun ayni muddao.

Yevropa kompaniyalari orasida Niderlandiyaning Shell zaryad stansiyalari tarmog‘i bu sohani faol rivojlantirishga e'tibor qaratmoqda: u yangi stansiyalar qurmoqda, oddiy yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘z qurilmalarini o‘rnatmoqda, o‘tgan yilning kuzida esa NewMotion elektromobillarini zaryadlovchi Yevropadagi eng yirik tarmoqlardan birini xarid qildi. BP quyosh energetikasiga salmoqli mablag‘ yo‘naltirmoqda, elektromobillar bozoriga esa anchadan beri ko‘z tikayotgandi. 

BP Downstream rahbari To‘fon Erginbilgichning so‘zlariga ko‘ra, iste'molchilar talabi va bu sohadagi texnologiyalarning o‘zi hozircha rivojlanmoqda. Biroq kompaniya trendni sinab ko‘rishning ehtiyotkor usulini topdi. Elektromobillar uchun zaryad stansiyasining eng byudjyet variantini taklif qiluvchi FreeWire startapi (AQSh) VR'dan 5 million mablag‘ga ega bo‘ldi. 

Kompaniyaga g‘oyani dastlab LinkedIn korporativ shoxobchalarida sinab ko‘rgan Arkadiy Sosinov asos solgan. Elektromobillar uchun zaryad yetmagan va kompaniya kun davomida avtomobil joyini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmasligi uchun xodimlar mashinasini qanday zaryadlash ustida bosh qotirgan. Sosinov zaryad qurilmalarning o‘zini avtomobillar oldiga olib kelishni taklif qildi — bu dastlab shunchaki u bir batareyaga birlashtirgan va kreslo-aravachaga yuklangan bir uyum eski akkumulyatorlar edi. Endi harakatlanuvchi FreeWire Mobi Charger stansiyalari — sanoat muzlatgichlariga o‘xshash massiv blok, biroq g‘oya o‘sha-o‘sha qolgan: ba'zan akkumulyatorni elektromobil yoniga keltirgan ma'qul. Zaryad tugaganda esa, Mobi Charger oddiy rozetka orqali kuchlarni qayta tiklashi mumkin.

"Biz VR'ning o‘z mijozlari uchun zaryadlash variantlarining keng spektrini taqdim etish niyatini qo‘llab-quvvatlaymiz... VR'ning transport infratuzilmasidagi eng muhim provayder bo‘lishiga qaramay, biz tomonimizdan ushbu investitsion hamkorlik orqali taklif qilingan qarorning istiqbolini e'tirof etganligi bizni  rag‘batlantirdi", - deydi Sosinov. 

VR o‘zining Buyuk Britaniya va Yevropa kontinental mamlakatlaridagi qator yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Mobi Charger aravachalarini o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: