Elektr energiyasi uchun har oyda ancha katta miqdordagi pulni sarflayotgan bo‘lsangiz, unda tezkor choralar ko‘rish vaqti kelgan ko‘rinadi.
Dasturlanuvchi rozetka
Dasturlanuvchi rozetka o‘ziga ulangan qurilmalarni yoqish va o‘chirish qoidalarini tartibga solishi mumkin. Unda bir necha taymerlar bo‘lib, ularning har birida alohida ish tartibini sozlash mumkin. Shu tariqa sizning gadjyetlaringiz elektr energiyasini faqat bunga ehtiyoj paydo bo‘lganda iste'mol qiladi.
Narxi: 665 rubl (95 479 so‘m).
Avtomatlashtirilgan yoritgich
Qorong‘i paytda vaziyatni to‘g‘ri baholash, qayerda ekanimizni aniqlash uchun kichik yoritish talab etiladi. Bu kichik lampochkalar o‘rnatilgan harakatlanish sensori tufayli avtomatik tarzda yoqiladi. Elektr energiyasini deyarli iste'mol qilmaydi, istalgan joyga o‘rnatsa bo‘ladi, batareykalar yordamida ishlaydi.
Narxi: 208 rubl (29 864 so‘m).
Tunda yoqib qo‘yiladigan chiroq
Ba'zi bolalar va hattoki yoshi kattalar ham butunlay qorong‘i bo‘lsa, uxlay olishmaydi. Shuning uchun ularning yotoqxonasida butun kecha davomida qandaydir chiroq yonib turadi. Bu holatda aqlli tungi chiroqdan foydalanish tejamliroq, u belgilangan vaqtdan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi. Chiroq uxlayotgan odam qimirlasa yana yoqiladi.
Narxi: 553 rubl (79 399 so‘m).
Nurdiodli lampochkalar
Nurdiodli lampochkalar – bu energiya tejamkorlikning klassikasi. Ular haqida shuncha ko‘p ma'lumot berib bo‘linganki, biz yana nimanidir qo‘sha olmasak ham kerak. Shuning uchun o‘ziga xos chaqiriq bilan chiqamiz – agarda hali qilmagan bo‘lsangiz, u holda eski lampalarni nurdiodlisiga darhol almashtiring!
Narxi: 56 rubldan (8040 so‘mdan).
Stol lampasi
Zamonaviy stol lampalari ham iqtisod qilishga yordam beradi. Nurdiodli lampochkalarning o‘zi energiyani juda kam iste'mol qiladi, biroq uning hajmini quvvatni sozlash yordamida yanada tushirsa ham bo‘ladi.
Narxi: 1 453 rubl (208 620 so‘m).
Oshxona uchun yoritgich
Ba'zida taom tayyorlash jarayoni juda cho‘zilishi mumkin. Shunda mahalliy yoritgichdan foydalanish kerak, u faqat ovqat pishirilayotgan joyga qaratilgan bo‘ladi. U shkafchalarning pastki tomoniga o‘rnatiladi hamda kerakli joyni asosiy chiroq manbaidan ko‘ra ko‘proq yoritadi.
Narxi: 416 rubldan (59 728 so‘mdan).
Tashqi yoritish moslamasi
Agarda siz hovlida istiqomat qilsangiz, o‘z uyingizni kechki payt yoritish bilan bog‘liq muammolarga duch kelganingiz aniq. Bunga yechim topishning eng yaxshi yo‘li: harakatlanuvchi obektlar indikatoriga ega maxsus lampalardan foydalanish. Bunday yoritgich elektr energiyani talab qilmaydi, sababi kun davomida quyosh nurlaridan quvvat oladi.
Narxi: 420 rubldan (60 303 so‘mdan)
Bayram girlyanda (marjon)lari
Bu chiroyli dekorativ girlyandalarni nafaqat bayramlarda, balki bog‘da romantik muhitni yaratish uchun ham ishlatsa bo‘ladi. Ular quyosh energiyasidan quvvat olishi ham yoqimli, shuning uchun elektr energiyasi uchun to‘lanuvchi pulga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Narxi: 584 rubl (83 850 so‘m).
Iste'mol hisoblagichi
Elektr energiyani tejashdan avval, uni eng ko‘p qaysi qurilmalar iste'mol qilishini aniqlash lozim. Bunda maxsus qurilma yordam beradi, u o‘ziga ulangan qurilmalar qancha iste'mol qilayotganini o‘lchaydi.
Narxi: 817 rubl (117 303 so‘m).
Harakat datchigi
Agarda siz yoki uydagilar chiroqni o‘chirishni yoddan chiqarsa, unda bu qurilmaga ishonch bildirganingiz ma'qul. Maxsus harakat datchigi istalgan ulangan yoritish asbobini boshqarishi mumkin, uni faqat xonada kimdir bo‘lsagina faollashtiradi.
Narxi: 294 rubl (42 212 so‘m)