Telegram yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda

Foto: KUN.UZ
Telegram messenjeri foydalanuvchilar qo‘shilgan kanallarni alohida "yangiliklar lentasi"ga guruhlash imkonini beruvchi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqida Telegram Beta kanalida xabar berildi.
Funktsiya ilovaning macOS uchun beta-versiyasiga qo‘shilgan, biroq mahalliy vaqt bilan soat 13:30ga borib u server tomonidan o‘chirib qo‘yilgan.
Agar yangi funksiya joriy qilinsa, foydalanuvchilar kanallarni "Lenta" (Feed)ga qo‘shishlari mumkin bo‘ladi, shunda butun guruh uchun xabarlarni o‘chirib qo‘yiladi va ular asosiy kontaktlar ro‘yxatiga xalaqit bermaydi.
Mavzuga oid

20:30 / 10.03.2025
Checheniston rasmiylari Telegramʼni blokdan chiqarishga chaqirdi

17:22 / 09.03.2025
Checheniston va Dog‘istonda Telegram bloklandi

20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi

01:05 / 06.02.2025