Shvedlar veykbording uchun tezkor elektrtaxtani ishlab chiqishdi

Fan-texnika 08:50 / 31.01.2018 5981

Shvetsiyaning Radinn kompaniyasi mutaxassislari veykbording uchun avtomatlashtirilgan elektrtaxta ikkinchi avlodini yaratishdi, ular savdoga chiqarilishi mo‘ljallangan. Taxta egasiga suvda soatiga 60 kilometr tezlikda harakatlanish, katerlar va qayiqlarni chetlab o‘tish imkonini beradi. Veykborder elektrmotor tufayli to‘lqinlarda mustaqil ravishda yurishi mumkin.

Kompaniya tomonidan uch yil muqaddam chiqarilgan nusxa 15 ming yevro turgan, shuning uchun narx va qator kamchiliklar sababli seriyali ishlab chiqarilmadi, lekin yangi variant texnik jihatdan yaxshilandi. Bundan tashqari, yangi taxtani 10 ming yevroga xarid qilish mumkin.

Foto: Radinn 

G2X yangi taxtasi 2,8 kVt/s.lik akkumulyator bilan jihozlangan, u taxminan yarim soat harakatlanish imkonini beradi. Agarda bu vaqt kamdek tuyulsa, G2X egasi oshirilgan hajmli batareyaga ega yaxshilangan nusxani qo‘shimcha 1000 yevro to‘lab tanlab olishi mumkin. Katta batareyani ham sotib olish imkoni bor - 4500 yevro. Oddiy akkumulyator narxi 3700 yevro bo‘ladi. Taxta 40 kg og‘irlikka ega.

Veykbord sportchini shamol bo‘lmagan paytda ham olib yurish, maksimal tezlikka chiqishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar maxsus videoni e'lon qilishdi, unda sportchi G2X’da ajoyib tarzda harakatlangan.

Ko‘proq yangiliklar: