Xitoyda 600 km/soat tezlik bilan harakatlanuvchi maglyov-poyezd liniyasini qurish texnik rejasi tasdiqlandi. Bu haqda loyiha tashabbuschisi CRRC Qingdao Sifang kompaniyasiga iqtibos keltirgan holda People’s Daily Online xabar bermoqda.
Texnik rejani 19 akademik va mutaxassis ko‘rib chiqqan. Loyiha ko‘rib chiqilgandan keyin bir ovozdan ma'qullangan.
Magnit levitatsiyasiga (muallaq turuvchi) asoslangan yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar ilg‘or texnologiya hisoblanadi va katta e'tibor qaratadi. Ayni vaqtda bu borada rekord natija yapon poyezdiga tegishli bo‘lib, u sinov vaqtida 603 km/soat tezlikka erishgan. Germaniyada ishlab chiqariladigan bu turdagi poyezdlar esa 505 km/soatga erisha oladi. Xitoyda harakatlanuvchi maglyov-poyezdlar ancha “kamtarona” ko‘rsatkichlarga ega, ularning maksimal tezligi 430 km/soat tezlikni tashkil qiladi.
Agar ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, bu Xitoy uchun katta ilg‘orlash bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, yangi transport turi an'anaviy poyezd va samolyotlar o‘rtasidagi bo‘shliqni egallaydi. Rejaga ko‘ra, tezkor maglyov-poyezdning birinchi namunasi 2020 yilda 5 kmlik trassada sinovdan o‘tkaziladi
O‘tgan yil oxirida Pekinda ilk maglyov-liniya barpo etildi. Poyezd Pekinning g‘arbiy qismidagi atrof hududlarni birlashtirgan. Poyezdning harakati 100 km/soatni tashkil qiladi.
Maglyov-poyezd magnit levitatsiyasiga asoslangan transport turi bo‘lib, unda poyezd magnitdan itarilish hisobiga harakatlanadi.