Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cuberg startapi Boeing’ning elektr samolyotlari uchun batareya ishlab chiqaradi

Foto: Zunum Aero
Boeing kompaniyasi aviasozlik kelajagini elektr samolyotlarda ko‘rmoqda. Avvalroq kompaniya elektr samolyotlari ishlab chiqaruvchi Zunum startapiga investitsiya kiritgandi. Endi esa korporatsiya akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi Cuberg startapi aksiyalari paketini sotib oldi.
Cuberg 2015 yilda Stenford universitetidan chiqqan startap bo‘lib, uning jamoasi yuqori zichlikdagi batareyalar yaratish bilan shug‘ullanadi. Agar kelajakda elektr dvigatellar havoga katta o‘lchamli samolyotlarni ko‘tara olsa, buni yuqori zichlikdagi batareyalar hisobiga uddalay oladi: ular kichikroq o‘lchamlarga ega bo‘lgan holda o‘ziga ko‘proq energiya sig‘dira oladi. Startapda o‘zi ishlab chiqqan elektrolitga patent ham bor.
Cuberg vakillarining aytishicha, bu elektrolit yuqori voltli katodlarni qo‘llashga imkon beradi va shu bilan birga batareyani ko‘p miqdorda quvvatlash sikllaridan keyin ham samaradorligini saqlab qoladi.
Startap o‘z batareyalarining prototipini chiqardi va Boeing uni yuqori baholagan. Kompaniya vakillari Cuberg akkumulyatorlari bozorda ko‘rish mumkin bo‘lgan eng yuqori zichlikdagi energiyaga egaligini aytishdi. Startap tomonidan qo‘llanuvchi noyob kimyoviy moddalar esa elektr havo transporti uchun xavfsiz va barqaror yechim bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Boeing Zunum startapiga ishonch bildirib, unga sarmoya kiritgandi. Startap 2022 yilgacha 12 o‘rinli gibrid samolyot ishlab chiqarishga va'da bermoqda. Samolyot bortida an'anaviy dvigatellar bilan birga ikkita elektromotor o‘rnatiladi. Muhandislarning prognozlariga ko‘ra, bu parvozlar narxini 80 foizgacha kamaytiradi. Yangi samolyotlar 1600 kilometrgacha uzoqlikka uchishga mo‘ljallanadi. Ehtimol Boeing va Cuberg hamkorligi kelgusida gibrid samolyotlardan to‘liq elektrlilariga o‘tishga imkon berar.
Darvoqe, Le-Burjyedagi aviasalonda Eviation Aircraft kompaniyasi 965 kilometrlik masofani uchib o‘ta oladigan elektr samolyot prototipini taqdim qildi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
UzAuto Motors’ning shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston | 12:57
-
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi
Jamiyat | 12:54
-
Toshkent tumanida mebel korxonasi 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi
Jamiyat | 12:53
Mavzuga oid

21:52 / 04.07.2025
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi

17:55 / 30.06.2025
Hindistondagi Boeing Dreamliner halokatiga sabotaj sabab bo‘lishi mumkin

21:53 / 02.05.2025
Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi

19:24 / 16.04.2025