Mercedes elektromobillar ishlab chiqaruvchi 6 ta zavod quradi

Fan-texnika 22:50 / 30.01.2018 7770

Mercedes-Benz kompaniyasi modellarini elektrlashtirish rejasini bajarishga kirishdi. Kompaniya yaqin 5 yil ichida Germaniya, Fransiya, AQSh va Xitoyda 6 ta yangi zavod quradi, deb xabar bermoqda Electrek nashri.

“Elektromobillarimiz 3 ta qit'adagi 6 ta zavodda ishlab chiqariladi. Biz bozorning barcha segmentlarlari – Smart ForTwo’dan boshlab katta yo‘ltanlamaslargacha elektr versiyalarini yaratmoqchimiz”, deb aytgan Mercedes-Benz Cars’ning divizion  kengashi a'zosi Markus Shefer.

Sheferning aytishicha, bundan tashqari, kompaniya o‘z zavodlarida akkumulyatorlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. “Batareyalar ishlab chiqaruvchi “global tarmoq” yaratish evaziga biz to‘xtovsiz yetkazib berishlarni ta'minlashimiz, ba'zi hollarda esa eksportga ishlashimiz mumkin bo‘ladi”, deb aytgan Shefer.  

Akkumulyatorlarni yangi zavodlar yonida ishlab chiqarish rejalashtirilgan.  
 

Ko‘proq yangiliklar: