BAA jahondagi birinchi kosmik shifoxonani quradi

Fan-texnika 14:59 / 30.01.2018 7476

Birlashgan Arab Amirliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi dunyoda birinchi bo‘lib koinotda Emirates Space Hospital shifoxonasini qurishni rejalashtirmoqda. 

Khaleej Times nashrining yozishicha, loyiha BAA milliy kosmik dasturiga kiritilgan.

«Fazogirlarga koinotda tibbiy xizmatlar taqdim etiladi, biroq u Yerdan nanotexnologiyalar yordamida nazorat qilinadi», - deya aniqlik kiritgan idora vakili doktor Qulxum al-Balushiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha BAAning Marsda 2020 yildagi missiyasi boshlanishi bilan ishga tushiriladi. Avvaliga koinotdagi shifoxona nusxasi Yerda quriladi.

Ko‘proq yangiliklar: