O‘zbekistondagi banklarda tushlik vaqti o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 27 yanvardagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida xodimlarning tushlik tanaffus vaqti soat 13:00dan 14:00gacha etib belgilandi.
Markaziy bank aholi, korxona va tashkilotlar hamda tadbirkorlik sub'yektlariga bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yanada qulayliklar yaratish maqsadida, tijorat banklariga tizimning ichki mehnat tartibi qoidalarini qayta ko‘rib chiqqan holda, bankning barcha filiallari va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarida joriy yil 1 fevraldan tushlik tanaffus vaqtini soat 13:00 dan 14:00 gacha etib belgilashni tavsiya etgan.
Ayni vaqtda, tijorat banklariga tushlik tanaffus vaqti o‘zgarishi munosabati bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatish tartibining o‘zgarganligi to‘g‘risida ularni xabardor qilish, shu jumladan, ish grafigining o‘zgarganligi to‘g‘risida e'lon berilishini ta'minlash so‘ralgan.
«Kun.uz»ning tijorat banklaridagi manbalari tasdiqlashicha, tushlik vaqti bugundan o‘zgardi va soat 13:00dan 14:00gacha davom etadigan bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, 2015 yil mayidan buyon O‘zbekistondagi banklarda tushlik vaqti soat 14:00dan 15:00gacha hisoblanardi.
Mavzuga oid

18:43 / 05.03.2025
Kredit olishni o‘ziga taqiqlash imkonini beruvchi qonun qabul qilindi

17:22 / 05.03.2025
O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p oltin sotib olgan davlatga aylandi

16:49 / 27.02.2025
25 yil oldingi 100 ming so‘m hozir qanchaga teng? – MB inflatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi

12:29 / 14.02.2025