«Xitoy tahdidi». AQShda 5G yuqori tezlikdagi milliy tarmog‘i yaratilishi mumkin

Fan-texnika 08:30 / 29.01.2018 6243

AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari yaqin kelajakda mamlakatda 5G yuqori tezlikdagi milliy tarmog‘ini yaratish bo‘yicha amaliy sa'y-harakatlarni ko‘rishi mumkin. Bu Xitoy «tahdidi» bilan kurashish uchun kerak bo‘ladi, deb xabar bermoqda Axios portali o‘zida mavjud hujjatlarga tayangan holda.

Ta'kidlanishicha, ma'lumotlarga ko‘ra, bunday turdagi tarmoq kelayotgan uch yil ichida yaratilishi mumkin.

Shuningdek, xabarlarga qaraganda, yaqin olti-yetti oy ichida telekommunikatsiya kompaniyalari va Tramp ma'muriyati xodimlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi, ularda ushbu loyihani yaratish hamda moliyalashtirish bo‘yicha qator masalalar ko‘rib chiqilishi ehtimolga yaqin.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, 5G yuqori tezlikdagi milliy tarmog‘i Xitoy «axborot sohasida yetakchilik qilayotgan xavfli agent bo‘lgani sababli» kerakdir.

Ko‘proq yangiliklar: