Ekspertlar yangi modeldagi iPhone smartfonlarining taxminiy chiqarilish muddati bo‘yicha ma'lumot berishdi. Tahlilchilarning fikricha, keyingi iPhone X flagmani 2020 yildan avval paydo bo‘lmaydi.
Mutaxassislar KGI Securities kompaniyasi tahlilchisi Ming-Chi Kuo bayonotlariga asosan shunday taxminni ilgari surishdi. Kuoning fikricha, iPhone X’ni ishlab chiqarilishi 2018 yil o‘rtalarida to‘xtaydi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtga kelib yetkazib berish bo‘yicha umumiy hajm 62 milliontaga yetadi. Shunga qaramay, smartfon 2019 yilda ham talabgir bo‘ladi.
Ekspertlarning taxminicha, iPhone X smartfonlarning yangi davriga qadam qo‘yish uchun o‘ziga xos texnologik pog‘ona sanalib, u 2020 yilda boshlanishi mumkin. Bu vaqtga qadar Apple kompaniyasi mutaxassislari hozirgi devayslarning modifikatsiyasi bilan shug‘ullanishadi. Xususan, faqat korpus rangi, xotira hajmi va smartfon ish darajasi uchun qo‘llaniluvchi «temir» o‘zgartiriladi.