Internetda Samsung Galaxy S9 va S9+ smartfonlarining old qismi suratlari paydo bo‘ldi. Suratlar Venture Beat portali tomondan e'lon qilingan.
Portalning ta'kidlashicha, yangi smartfonlarning dizayni avvalgi modelnikidan kam farq qiladi. Ma'lum qilinishicha, Galaxy S9 5,8 dyuymli ekran, 4 gigabayt xotira va 64 gigabayt doimiy xotira bilan, S9+ esa 6,2 dyuymli ekran, 6 gigabayt xotira va 128 gigabayt doimiy xotira bilan jihozlanadi. 12 megapikselli asosiy old kamera o‘zgartiriluvchi apertura (f/2,4 — f/1,5) va tezkor suratga olish (soniyasiga 480 ta kadr) imkoniyatini oladi.
Bundan tashqari, Galaxy S9 va S9+’da yuzni tanish tizimi yaxshilangan, barmoqlar izi skaneri avvalgi modeldagidek kamera yonida emas, uning ostida joylashadi.
Smartfonlarning rasmiy taqdimoti 25 fevralga belgilangan, sotuvga esa 16 martdan chiqadi.