Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farzand tarbiyasida ota-onalar e'tiboridan chetda qoladigan xatolar

Foto: Mail.ru
Farzand tarbiyasi juda ulug‘ va shu bilan birga juda mas'uliyatli ish. Bu yumushga ming yillardan buyon juda katta e'tibor bilan yondashishadi. Bu millat va elat tanlamas ma'naviy hislatlardan biridir. Farzand tarbiyasida har bir lahza, har bir harakat e'tiborga olinishi, tahlil etilishi lozim. Bu haqda mashhur olim, doktor Toriq al-Habibiy shunday yozadi:
Farzandingiz ko‘p yolg‘on gapiradimi, demak, siz uni haddan tashqari qattiq hisob-kitob qilib, tergaysiz. Agar u sizga ishonmasa, siz uni shijoatlantirmayotgan ekansiz.
Farzandingiz so‘zlashishni bilmaydimi? U bilan suhbatlashishga alohida e'tibor qarating. U o‘g‘irlik qilyaptimi, demak, siz unga sovg‘alar, hadyalar bermas ekansiz.
Doktor Toriq al-Habibiyning ta'kidlashicha, farzandning qo‘rqoqligi, ota-onaning uni ko‘p himoya qilishi bilan bog‘liq ekan. Bundan tashqari, ota-onaning o‘z farzandi bilan baland ovozda gaplashishi, bolani boshqalarni hurmat qilmasligiga olib kelar ekan.
“Farzandingiz doim darg‘azabmi?
Demak, siz uni maqtab turmas ekansiz.
Farzandingiz baxilmi?
Demak, siz u bilan sherik, hamkor bo‘lmas ekansiz.
Farzandingiz boshqalarga zulm qiladimi?
Demak, siz ham qo‘pol ekansiz.
Farzandingizning shaxsiyati zaifmi?
Demak, siz doim do‘q-po‘pisa bilan muomala qilar ekansiz.
Farzandingiz jonsarakmi?
Demak, siz hadeb muhlat qo‘yaverar ekansiz.
Farzandingiz sizdan o‘zini olib qochadimi?
Demak, siz uni bag‘ringga bosib, quchmas ekansiz.
Farzandingiz sizga itoat qilmaydimi?
Demak, siz talabni juda kuchaytirib yuborar ekansiz.
Farzandingiz boshqalarga aralashmaydigan odamovi bo‘lib qolganmi?
Demak, siz ishga haddan tashqari band ekansiz”, deb yozadi Doktor Toriq al-Habibiy.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

21:41 / 19.06.2025
Dunyoda qiz homilani abort qilish keskin kamaydi: qanday qilib?

17:26 / 08.11.2024
“Embrionlar qarovsiz qolib ketdi” - EKU orqali farzand kutgan ayollar aldandi(mi?)

15:31 / 16.03.2024
To‘ng‘ich, o‘rtancha, kenja – nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi?

17:00 / 19.02.2024