Instagram'da GIF-animatsiya paydo bo‘ldi

Fan-texnika 16:40 / 24.01.2018 6088

Instagram'ning Stories bo‘limida foydalanuvchilar GIF formatidagi maxsus stikerlarni qo‘shish imkoniga ega bo‘lishdi. Ijtimoiy tarmoqning matbuot relizida shu haqida ma'lum qilindi.

Yangi stikerlar GIF bo‘limidagi tegishli menyuda paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi qidiruvdan foydalanib, o‘z "hikoyalari"ga to‘g‘ri keluvchi stikerlarni topishi va ularni qo‘llashi mumkin. 

Ayni damda yangi animatsiyalashtirilgan stikerlardan Instagram'ning iOS va Android'dagi so‘nggi versiyasida foydalanish mumkin.

Foto: Instagram

Bundan avval Instagram foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqqa kirgan so‘nggi tashrif vaqtini ko‘rsatishi haqida ma'lum qilingan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: