Facebook yangi vaqt birligini joriy qildi

Fan-texnika 13:42 / 24.01.2018 7852

Amerikaning Facebook kompaniyasi xodimlari yangi vaqt birligini joriy qilishdi — flick. CNBC shu haqida ma'lum qildi.

Manbaga ko‘ra, yangi vaqt birligi 1/705,6 mln. soniyaga teng, u video hamda filmlar ishlashga mo‘ljallangan. Birlikning nomi (flick) ingliz tilidagi frame (kadr) va tick (hisob) so‘zlaridan kelib chiqqan. 

"Flik" ishlab chiqaruvchisi Kristofer Xorvatning aytishicha, yangi vaqt birligi o‘lchamlariga ko‘ra mikrosoniya va nanosoniya o‘rtasida. U "flik" alohida kadrlar davomiyligini qulayroq o‘lchash va videoni sinxronizatsiya qilish imkonini berishini ta'kidlamoqda. 

Bundan avval Facebook asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg foydalanuvchilar o‘z lentasidagi yangiliklar oqimi sifatiga ta'sir ko‘rsatishlari mumkinligi haqida ma'lum qilgandi. Kompaniya muntazam ijtimoiy fikr so‘rovnomalarini yo‘lga qo‘ydi, unda odamlar u yoki bu ma'lumot manbaining ishonchliligini mustaqil belgilashadi. 

Ko‘proq yangiliklar: