Dunyodagi eng xaridorgir smartfon nomi e'lon qilindi

Fan-texnika 17:12 / 24.01.2018 25287

Dunyoning eng ko‘p sotilgan smartfoni iPhone X bo‘lib chiqdi. Apple kompaniyasi 2017 yilning to‘rtinchi choragida 29 million gadjyetni sotuvga chiqargan. Tadqiqot natijalari Canalys mustaqil tahlil kompaniyasi saytida taqdim etildi. 

O‘tgan yilning noyabr oxiri va dekabr oyi boshida Apple smartfonlar ishlab chiqarish bo‘yicha katta o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd etgan. 

Ekspert Ben Stentonning so‘zlariga ko‘ra, shu tufayli kompaniya o‘zining flagman mahsulotiga bo‘lgan talabni nafaqat qoniqtirdi, balki so‘nggi chorak oxiriga qadar uni hatto oshirdi ham. 

Tahlilchilarning fikricha, yangi iPhone modelining mashhurligi ikki sabab bilan izohlanmoqda: xarid davomida kreditni rasmiylashtirish oson kechgan, shuningdek eski smartfonlarni iPhone X'ga almashtirishga doir dastur yo‘lga qo‘yilgan. Shu tariqa eski qurilmalar egalari flagman telefonga chegirmalarga ega bo‘lishgan. 

Ta'kidlash joizki, Apple hozircha chorak sotuvlari yakunlari haqida rasmiy ma'lumot bermadi. 

Ko‘proq yangiliklar: