Dunyodagi eng yaxshi mehmonxona ma'lum qilindi
Traveller's Choice an'anaviy mukofoti natijalariga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari reytingi tuzildi.
Unga ko‘ra, 1-o‘rinni biror bir rivojlangan davlatdagi mehmonxona emas, balki Kambojaning Siyemreap shahridagi Viroth's mehmonxonasi egalladi. Bu yerda bir kun qolish taxminan 100 dollarni tashkil qiladi. Bu haqda TripAdvisor sayohatlar saytida ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinishicha, g‘olib sayt foydalanuvchilari fikrlari asosida tanlangan. Viroth's mehmonxonasi haqida bildirilgan 910 ta fikrdan faqatgina 5 tasigina salbiy bo‘lgan.

2-o‘rinni Kosta-Rikadagi Tulemar Bungalows & Villas mehmonxonasi egallagan, bu yerda bir kun qolish 300 dollarni tashkil qiladi. Bu mehmonxonada bo‘lganlarning 92 foizi u haqda ijobiy fikr bildirishgan.

3-o‘rinni Hindistonning Joxpuridagi Umaid Bhawan Palace mehmonxonasi egalladi. Bu yerda bir kun qolish 850 dollarga tushadi.
Reytingning yetakchi o‘ntaligidan Italiyadagi Belvedere, AQShdagi The Nantucket Hotel & Resort, Fransiyadagi La Reserve Paris, Kosta-Rikadagi Nayara Springs va Vetnamdagi Hanoi La Siesta Hotel Trendy mehmonxonalari o‘rin olgan.











Mavzuga oid

09:12 / 06.03.2025
Rossiya qo‘shinlari Kriviy Rigdagi mehmonxonaga zarba berdi: qurbonlar bor

00:16 / 28.01.2025
Turkiyada 78 kishining o‘limiga olib kelgan mehmonxonadagi yong‘in nima sababdan yuz bergani aniqlandi

14:03 / 21.01.2025
Turkiyadagi kurort mehmonxonada yirik yong‘in sabab 10 kishi halok bo‘ldi

19:03 / 18.01.2025