Apple hamyonbop MacBook ishlab chiqaradi

Fan-texnika 23:00 / 24.01.2018 9437

Apple 2018 yil oxiriga borib arzonlashtirilgan narxda yangi MacBook'ni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Seshanba kuni taqdim etilgan hisobotda aytilishicha, kompaniya MacBook Pro'ning uncha qimmat bo‘lmagan muqobiliga aylanuvchi 13 dyuymli noutbukni ishlab chiqaradi. Inverse shu haqida xabar berdi.

Ma'lumot 2017 yilning oxiridan boshlab MacBook uchun modullar ishlab chiqaruvchi General Interface Solutions kompaniyasi tomonidan ham tasdiqlandi. Kompaniyada Apple'dan yangi MacBook uchun ko‘proq LCD-ekranlarga buyurtma olish kutilayotgani ma'lum qilindi. 

Yangi 13 dyuymli model joriy yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqadi. 12 dyuymli MacBook narxi bugun 13 dyuymli MacBook Pro bahosi bilan bir xil  — 1 299 dollar, kompaniya o‘zining eng arzon (1 199 dollar) MacBook Air mahsulotidan to‘liq voz kechishi mumkin.

Apple 12-dyuymli MacBook'ni 2015 yilning aprelida ishlab chiqargan. MacBook iste'molchini o‘z o‘lchamlari bilan hayratga solgan MacBook Air'dan ham kamroq og‘irlikka ega. 

MacBook seriyasining yagona kamchiligi — standart USB portlarning yo‘qligi. Qurilmada faqat bitta port bor — USB-C, zaryadka uchun ham, boshqa qurilmalarga ulash uchun ham shu portdan foydalaniladi. Foydalanuvchi noutbuk zaryadi yoki qurilmaga ulanish o‘rtasida tanlashiga to‘g‘ri keladi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: