Kokainga qaramlikka qarshi kurashish usuli topildi
Maunt-Sinay gospitali xodimlari giyohvandlarda kokainga qaramlikni keltirib chiqaruvchi G-CSF oqsilini neytrallash yo‘lini topishdi. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida xabar berdi.
Ko‘p marta kokain berilgan sichqonlar miyasining mukofot bilan bog‘liq sohasida bu oqsil konsentratsiyasi yuqoridir. Mutaxassislarning kashfiyoti kokainga qaramlikka qarshi dori ishlab chiqarishda asosiy rol o‘ynashi mumkin.
Tadqiqotchilar kemiruvchilarga miyaning yuqorida qayd etilgan sohasiga G-CSF faolligini kuchsizlantiruvchi oqsilni yo‘llashdi. In'yektsiya tajriba ostidagi joniovrlarning kokainga qaramlik darajasini pasaytirgan.
Ta'kidlash joizki, sichqonlarda boshqa qaramlik holati yuzaga kelmagan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, kokainga qaramlikni davolashga mo‘ljallangan preparat tez orada paydo bo‘lishi mumkin, zero G-CSF'ni neytrallovchi vositaning xavfsizligi isbotlab bo‘lingan.
Darvoqe, Kembrij universiteti mutaxassislarining fikricha, kokain iste'mol qiluvchi kishilar aqli zaiflikka moyil bo‘lishar ekan. Gap shundaki, ushbu giyohvand modda bosh miyada ortiqcha temir moddasi yig‘ilib qolishiga olib keladi. Bu esa miya hujayralarining halok bo‘lishiga olib keladi.
Mavzuga oid

15:43
Internet tezligini pasaytiradi: issiqxona gazlarining yana bir zarari aniqlandi

14:18 / 01.03.2025
Olimlar Marsda qumli sohillarga ega bo‘lgan okean izlarini topdi

15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi

17:02 / 26.02.2025