Ispaniyada joriy yilda 5G tarmoq joriy qilinadi

Fan-texnika 22:30 / 23.01.2018 3682

Telefonica aloqa kompaniyasi joriy yilda Ispaniyada 5G tarmog‘ini joriy qila boshlaydi. Mamlakatda 5G Technological Cities loyihasi mavjud bo‘lib, uning doirasida yangi tezkor aloqa tarmoqlari ustunliklaridan kompaniyalar, oddiy aholi, ispan shaharlari mehmonlari bahramand bo‘la oladilar. 

Tarmoq kichik va xorijliklarga noma'lum shaharlardan yoyila boshlanadi. Bunday shaharlarda keyinchalik yirik shaharlarda yo‘lga qo‘yilgan yechimlarni tatbiq qilish uchun yangi aloqa standartidagi minoralarni o‘rnatish, sinovlar o‘tkazish qulay. 

Telefonica’ning mo‘ljalicha, uning tarmoqlari ma'lumotlarni 1-10 Gbit/soniya tezlik bilan uzata oladi va joriy avloddagi tarmoqlarga nisbatan 100 marta ko‘proq sondagi ulangan qurilmalar ishini ta'minlay oladi.

Simsiz tarmoqning unumdorligi keng polosali uy internetining unumdorligidan 3 karra yuqoriroq bo‘lishi taxmin qilinmoqda. 5G tarmoq haydovchisiz transport vositalarining samaraliroq sinovini o‘tkazishni boshlashga, virtual va to‘ldirilgan reallik bo‘yicha sayyohlik xizmatlarini, yetib borish qiyin bo‘lgan joylarda internetga kirishni ta'minlashga imkon beradi. 5G asqatadigan sohalarga teletibbiyot, sanoatdagi avtomatlashtirishni va tasavvur qilish mumkin bo‘lgan barcha narsani masofadan boshqarishni kiritish mumkin.

Hozirda butun dunyo bo‘ylab yirik operatorlar 5G texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha poygani boshlab yuborishdi. Misol uchun, Tokioda 2020 yilgi Olimpiada oldidan Nokia’ning 5G tarmoqlari ishlay boshlaydi. Dunyoning eng yirik telekommunikatsion kompaniyasi  AT&T 5G standartga o‘tishni boshlashga tayyor: joriy yil oxirigacha kompaniya AQShning 12 ta shahrida 5G texnologiyasini joriy qiladi. Deutsche Telekom esa Berlinda sinovdan o‘tkazish uchun 5G tarmog‘ini joriy qilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: