Samsung eski smartfonlarini ataylab sekinlashtirishda gumon qilinmoqda

Fan-texnika 23:40 / 22.01.2018 6808

Italiya antimonopol xizmati Samsung’ni yangi qurilmalarini ilgari surish uchun eskilarini ataylab sekinlashitirishini tergov qilmoqda. Xizmat shuningdek Apple’ni ham shunday yo‘l tutishda gumon qilmoqda, deb yozmoqda Independent nashri.

Antimonopol xizmat kompaniyalarni “qurilmalarning muayyan komponentlari kamchiligidan foydalanib, eski mahsulotlari ishlash muddatini cheklash va xaridorlarni yangi qurilmalarni sotib olishga undash bo‘yicha tijorat siyosatini” yaratishda aybladi.

Antimonopol xizmatning ta'kidlashicha, ikkala kompaniya ham qurilmalarning ishlashini sekinlashtiruvchi dasturiy ta'minot chiqargan. Kompaniyalar buning oqibatlaridan foydalanuvchilarni ogohlantirishmagan va “bu qurilmalarning ishlashi maqbul darajasini ta'minlash uchun” yetarlicha ma'lumot taqdim qilmaganlar. Vaholanki, Samsung avvalroq dasturni yangilash hisobiga eski qurilmalar protsessorlari unumdorligini kamaytirmasligini ma'lum qilgan. 

2017 yil oxirida Apple kompaniyasi iOS 10.2.1 operatsion tizimi chiqqandan keyin qurilmalarining protsessorlari ishlashi tezligini sekinlashtiruvchi imkoniyat paydo bo‘lganini tan olgan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, bu qurilma yuqori yuklanishlarda o‘z-o‘zidan o‘chib qolmasligi maqsadida qilingan.  

Ko‘proq yangiliklar: