Xitoydagi JD.com internet-do‘koni inson yordamisiz mahsulot yetkazishga doir bir necha xizmatni ishga tushirishni mo‘ljallamoqda. Shu yilning iyunida boshlanadigan loyihada robot-kurerlar, dronlar va robomobillar qatnashadi, deb yozadi South China Morning Post.
Xitoylik internet-tadbirkor Richard Lyu Tsiandong tomonidan asos solingan Pekindagi JD.com kompaniyasi Xitoy shimolidagi megapolis — Tyanjin shahrida tovarlarni inson xizmatisiz tashishni 18 iyungacha yo‘lga qo‘ymoqchi.
Ilgariroq JD.com muqobil boshqariluvchi tashish vositalarini universitet shaharchalari, kompaniyaning Pekindagi o‘z qarorgohi kabi alohida yopiq hududlarda sinovdan o‘tkazgan. Endi dron-kurerlar shahar ko‘chalarida ilk bor paydo bo‘ladi.
Loyiha kompaniyaning mahalliy hukumat bilan umumiy hamkorligi samarasi o‘laroq yuzaga kelmoqda. Masalan, JD.com ko‘proq ma'lumotlar, sun'iy intellekt va boshqa ilg‘or texnologiyalardan foydalanib, Tyanjinda «aqlli shahar» servislarini yaratish uchtida ish olib boradi. Bundan tashqari, kompaniya robot texnikasi va sun'iy intellekat bilan shug‘ullanayotgan mahalliy startaplar uchun milliardlab yuan sarflashini ta'kidlagan.
Dronlar bilan tashishdan tashqari, JD.com Tyanjinda ikkita to‘liq avtonom, sotuvchilarsiz do‘konni ishga tushirgan. Bu yil kompaniya bunday do‘konlardan yana yuztasini ochmoqchi.
Amazon o‘zining robotlashtirilgan do‘konini epaqaga keltirayotgan bir pallada, BingoBox starapi Xitoyning materik qismida o‘zining 200 dan ziyod avtomatlashtirilgan do‘konlarini o‘rnatib bo‘ldi. Endi kompaniya Honkng, Sharqiy Osiyo, keyinchalik butun dunyoga chiqib o‘z biznesini kengaytirishni mo‘ljallamoqda.