AQShning Apple kompaniyasi iPhone 6 Plus'ni boshqa model — iPhone 6s Plus smartfonlariga bepul almashtira boshladi. MacRumors shu haqida xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, servis markaziga biror muammo bilan murojaat qilinganda shunday xizmat turi ko‘rsatiladi. 2018 yilning martigacha batareya almashtirish jarayonlari ham shular jumlasiga kiradi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya iPhone 6 Plus va u uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni to‘xtatgan. Jurnalistlarning taxminicha, Apple'ning smartfonlarni almashtirishga doir qarori foydalanuvchilarning akkumulyatorlarni almashtirish bilan bog‘liq muammolari sabab bo‘lmoqda.
Bundan avval Apple iPhone 6, 6S va SE faoliyatini atayin sekinlashtirayotganini tan olgan va shu tariqa ularning xizmat muddatini uzaytirayotganini ta'kidlagan.
Butun dunyo foydalanuvchilari bu xabarga sud ishi ochish bilan tahdid qilishgan, shundan so‘ng korporatsiya iPhone'ning eski batareyalarini almashtirish narxini pasaytirishga doir qaror qabul qilgan.