Samsung tez orada sun'iy intellekt chipini ishlab chiqaradi

Fan-texnika 17:10 / 18.01.2018 4086

Janubiy Koreya kompaniyasi flagmanlari raqiblarinikidan qolishmaydigan sun'iy intellekt protsessoriga ega bo‘ladi. Samsung kompaniyasi sun'iy intellekt chipini ishlab chiqarish ishlarini yakunlamoqda. Korea Herald kompaniyadagi bir necha manbasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi. Manbalarga ko‘ra, yangi Samsung chipi o‘z quvvatiga ko‘ra Apple va Huawei chiplaridan qolishmaydi.

Ta'kidlash joizki, Apple va Huawei - A11 Bionic va Kirin 970 protsessorlarini qo‘llaydi. Ular smartfonga ma'lumotlarni tahlil qilish, qayta ishlash va bulutdan tashqarida saqlash imkonini beradi. 

Samsung sun'iy intellekt sohasida orqada qolib ketayotganini anglab yetmoqda va joriy yilda raqiblariga yetib olishga umid qilmoqda. Manbalardan birining xabar berishicha, yangi chip Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 ko‘rgazmasida namoyish etiladigan Galaxy S9 va S9+ flagmanilariga o‘rnatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: