Amerikalik senatorlar Alisher Usmonovni sanksiyalar haqidagi ma'ruzaga kiritishni taklif qilishdi

Foto: Reuters
Amerikalik senatorlar guruhi 17 yanvarda AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning nomiga “Amerika dushmanlariga sanksiyalar yordamida kurashish to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish doirasida maxsus ma'ruzani tayyorlashda Rossiya bosh prokurori Yuriy Chayka va tadbirkor Alisher Usmonovga e'tibor qaratish taklifi bildirilgan maktub yo‘llashgan.
“Biz Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin odamlar qatoridan bo‘lgan, Rossiya va dunyo matbuotidagi xabarlarga hamda korrupsiyaga qarshi tergovlar olib boruvchilar bayonotlariga ko‘ra, ko‘plab korrupsiya holatlariga aralashgan shaxslarga e'tiboringizni qaratmoqchimiz. Ular tuzgan ba'zi bitimlar AQSh fuqarolari va kompaniyalariga ta'sir qilgan, bu esa xorijiy korrupsiyaga qarshi qonunning buzilishi mumkinligidan darak beradi”, deyilgan maktubda.
Ushbu maktubni senatorlar Marko Rubio, Lindsi Grem, Rojyer Uiker va Kori Gardner imzolashgan. Maktub matni Uiker saytida joylashtirilgan.
Senatorlarning ta'kidlashicha, Chayka va Usmonov Rossiya rahbariyati bilan bog‘langan va shu sababli nomlari davlat departamenti tayyorlayotgan sanksiyalar haqidagi ma'ruzaga kiritilishi kerak.
“Siz Rossiya rasmiy shaxslari va oligarxlari tomondan amalga oshirilayotgan korrupsiya holatlari haqidagi barcha xabarlarni sinchkov o‘rganasiz, deb ishonamiz”, deb aytilgan maktubda.
AQSh kongressi 2017 yilda “Amerika dushmanlariga sanksiyalar yordamida kurashish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilgan. Qonunga ko‘ra, AQSh davlat kotibi, moliya vaziri va milliy razvedka direktori 2018 yil yanvari oxirigacha kongressga Rossiya rahbariyati bilan yaqin aloqalarga ega shaxslar ro‘yxatini taqdim qilishlari va bu shaxslarga sanksiyalar kiritish mumkinligiga baho berishlari kerak.
Mavzuga oid

18:17
Ukraina ba’zi shartlarda Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar olib tashlanishiga rozi

16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin

21:28 / 13.03.2025
Rossiya mamlakatga kirish taqiqlangan YeI fuqarolari ro‘yxatini kengaytirdi

20:38 / 07.03.2025