Tvitter foydalanuvchisi iOS va macOS’da kamchilikni topdi, u Apple gadjyetini istalgan vaqtda zudlik bilan o‘chirish imkonini beradi. Bu haqda 9to5Mac xabar bermoqda.
Agarda ko‘rsatilgan havolani iPhone yoki MacBook’dan bosilsa, qurilma o‘chib qoladi. Muammoni qayta yuklash orqali to‘g‘rilash mumkin.
Bunday o‘ziga xos «yangilikni» topgan foydalanuvchining ta'kidlashicha, shunday havolalar o‘ziga xos hazil bo‘lib, real tahdidga ega emas, shuning uchun Apple bu kamchilikni tuzatishga shoshilayotgani yo‘q.