O‘zbekiston Freedom House'ning demokratiya darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida
Freedom House tashkiloti dunyoning turli mamlakatlaridagi demokratiya rivoji darajasi reytingini taqdim etdi. O‘zbekiston demokratiya darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatidan joy oldi. 2018 yilgi erkinlik darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida shuningdek Suriya, Janubiy Sudan, Eritreya, KXDR, Turkmaniston, Ekvatorial Gvineya, Saudiya Arabistoni, Somali, Sudan, JAR va Liviya mamlakatlari nomi qayd etilgan.
Umuman olganda, Freedom House tamoyillariga ko‘ra, dunyoning barcha mamlakatlari uch toifaga bo‘linadi: erkin, qisman erkin va erkinlik bo‘lmagan mamlakatlar.
Hisobot mualliflarining ta'kidlashicha, Rossiya va Xitoy demokratiyaga o‘z "repressiv rejimi"ga tahdid sifatida qaraydi.
Bundan tashqari, hisobotda AQSh "erkin mamlakat" sifatida e'tirof etilgan bo‘lsa-da, Freedom House prezident Donald Trampning "jurnalistlarga tahdidi", uning "qarorlarini bekor qiluvchi sudyalarni tanqid qilishi", migrantlarni kamsitishini qattiq tanqid qildi.


Mavzuga oid

18:05 / 06.02.2025
“Ijodkor” firibgarlar: bunaqalari kinolarda ham uchramaydi

15:48 / 03.02.2025
O‘zbekistonlik yigit Spark’da Yevropaga safar qildi

16:36 / 24.01.2025
Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan dunyo oliygohlari ro‘yxati e’lon qilindi

17:16 / 23.01.2025