O‘tgan haftada Las Vegasda tashkillashtirilgan an'anaviy CES (Consumer Electronics Show) ko‘rgazmasida minglab texnologik kompaniyalar o‘zlari yaratgan yangiliklar va kishini hayratga soluvchi matohlarini namoyish etishdi. Sony kompaniyasi ham hayratlantiruvchi gadjyetlari bilan bu yerga kelgan. Ularning orasida yangi kameralar, televizorlar, avtomobillarga o‘rnatilgan audiotizimlar, quloqliklar va boshqa buyumlar bor.
2018 yilda namoyish etiladigan multimedia sohasidagi trendlarning kengroq manzarasiga nazar tashlash uchun Forbes Sony kompaniyasining prezidenti va ijrochi direktori Mayk Fasulo bilan suhbatlashdi hamda sun'iy idrok va virtual voqelik hamda qurilmalar va butun bir xizmatlarning yangi modellari sanoatni nechog‘lik oldinga siljitishini aniqlashga urinib ko‘rdi.
Aqlli yordamchilar
«Sun'iy idrokning ayni damdagi barcha yutuqlari bilan avvalgiga nisbatan zamonaviy foydalanuvchini hayron qoldirish endi qiyin, chunki hozir ularga uyda ham, ishda ham yanada universal, oddiy va samarali ovozli yordamchilar kerak bo‘laveradi. Yangi vazifalar nafaqat texnologiyalar yaratish nuqtai nazaridan, shuningdek, strategik rivojlanish tomonlama — barcha aqlli va biri biri bilan muloqot qiluvchi qurilmalar o‘rtasidagi kundalik hayot qanday bo‘lishi kerakligi va bular aynan qanday qurilmalar bo‘lishi lozimligiga taqalaveradi».
Virtual voqelik uchun hal qiluvchi palla
«Virtual voqelik haqida garchi so‘nggi yillarda barcha gapirgan bo‘lsa ham, yaqin yaqindan ularning aksariyati sun'iy idrokka ko‘proq ahamiyat bera boshlashdi. Texnologiyalar sohasi ayni pallada yangi istiqbolli yo‘nalishlarni izlab topish bilan faol band, apparatli va dasturiy ta'minot soha rivojlanishining umumiy sur'atlari bilan hamohang, biroq virtual voqelik eng mashhur nuqtasini allaqachon bosib o‘tgan ko‘rinadi. O‘tgan yozda shlemlar va ko‘zoynaklar narxini kutilmaganda arzonlashdi, masalan Oculus’da. Bir vaqtning o‘zida bunday qurilmalar uchun kontent ishlab chiqarish hajmi, aksincha, ortdi. Hattoki New York Times ham bunday formatdan foydalana boshladi va 360 gradus manzarali yangilik videomateriallari chiqara boshladi».
Yangi avlod kinostudiyasi
«Netflix, Amazon Video va Hulu kabi videoservislar ko‘ngilochar soha va multimedia sanoatini egallashda davom etmoqda — ularni qo‘rqmasdan yangi avlod kinostudiyalar deb e'lon qilish mumkin. Ular reklamadan olingan daromadlarni original va yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirishmoqda, shuningdek, o‘z platformalari orqali statistik ma'lumotlarni to‘plab, ular asosida strategik qarorlarni qabul qilishmoqda. Shunday qilib, bu servislar an'anaviy kinostudiyalar va telekanallarga chaqiruv tashlamoqda, chunki ular o‘z kontentining ko‘rishlar statistikasiga binoan tomoshabinlarga aynan nimalar qiziq ekanligini juda yaxshi bilishadi».