AQShda yilning eng yaxshi avtomobillari ma'lum qilindi 

Fan-texnika 23:15 / 15.01.2018 20269

Detroytda o‘tayotgan motorshouda “Shimoliy Amerikaning yil avtomobili va yo‘ltanlamasi” tanlovi g‘oliblari ma'lum qilindi. 

Yengil mashinalar toifasida 1-o‘rinni Honda Accord sedani egalladi. Yilning eng yaxshi krossoveri sifatida Volvo XC60 e'tirof etildi. Katta o‘lchamli yo‘ltanlamaslar orasida 1-o‘rin Lincoln Navigator’ga nasib etdi.

“Akkord”dan tashqari eng yaxshi yengil avtomobil nomi uchun Toyota Camry va Kia Stinger ham da'vogarlik qilgan. “Yilning eng yaxshi krossoveri yoki yil miniveni” yo‘nalishida g‘oliblikka Alfa Romeo Stelvio va Honda Odyssey ham da'vogarlik qilgan.

Honda Odyssey

2016 yilda yo‘ltanlamaslar orasida Volvo XC90 g‘olib bo‘lgan. Bungacha esa Volvo yo‘ltanlamaslari 2003 yildagina 1-o‘rinni egallagan.

Volvo XC60

“Yil yo‘ltanlamasi yoki pikapi” toifasida esa finalchilar orasida “Navigator”dan tashqari Ford Expedition va Chevrolet Colorado ZR2 modellari ham bo‘lgan.

Lincoln Navigator

2017 yilda Shimoliy Amerikada yilning eng yaxshi avtomobillari sifatida Chevrolet Bolt, Honda Ridgeline va Chrysler Pacifica e'tirof etilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: