«Kun.uz» telegramdagi soxta kanallardan ogohlantiradi

Fan-texnika 23:28 / 14.01.2018 30353

Bugungi kunda KUN.UZ saytining Telegram messenjeridagi rasmiy kanali (@kunuzofficial) a'zolari soni 215 mingdan oshgan.

Ayni vaqtda Telegramda KUN.UZ saytining bir nechta soxta kanallari paydo bo‘lgan. Bunday kanallar KUN.UZ nomi va logotipidan noqonuniy foydalanishmoqda va nobop ma'lumotlar tarqatishmoqda. 

Vaholanki, Kun.uz nomi va logotipi patentlangan hamda boshqalarning bundan beruxsat foydalanishi qonun buzilish holati hisoblanadi.

«Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi qonunining 26-moddasiga ko‘ra, tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda qo‘llash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan o‘xshash bo‘lgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb e'tirof etiladi.

Mana shu qoidani buzgan shaxslarni Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi bilan javobgarlikka tortish mumkin. Shunga ko‘ra, Kun.uz saytining nomi va logotipidan noqonuniy foydalanib, soxta kanal tashkil qilgan shaxslar haqida tegishli organlarga ma'lumot berildi, hozirda ushbu kanal ma'murlarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Fuqarolik kodeksining 1107-moddasiga binoan, tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs qoidabuzarlikni to‘xtatishi va tovar belgisining egasiga yetkazilgan zararni to‘lashi shartligini inobatga olib, noqonuniy tashkil qilingan Kun.uz saytining soxta kanallari faoliyatini o‘z xohishlari bilan to‘xtatishlarini so‘raladi. Bu qaror sud yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar orqali bu ishni qilgandan yaxshiroq.

Shuningdek, obunachilarimizdan bunday kanallarga a'zo bo‘lmaslikni va soxta kanallar aniqlanganda bizga - info@kun.uz manzili orqali xabar berishni so‘raymiz.

Rasmiy kanalimiz:
https://t.me/kunuzofficial

O‘quvchilarga esa quyidagi Telegram kanallariga kirib, soxta Kun.uz kanallarini spam qilish tavsiya etiladi.

Soxta kanallar: 

https://t.me/UzbekNews

https://t.me/kunuznews

https://t.me/KunUzNews24

Ko‘proq yangiliklar: