Haydovchisiz furgonlar bilan hozirda hech kimni ajablantirib bo‘lmaydi: AQSh va Yevropa yo‘llarida o‘nlab startaplar hamda katta avtomobil kompaniyalari o‘zlarining mahsulotlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Ba'zi haydovchisiz avtobuslar maxsus tayyorlangan trassalarda yo‘lovchilarsiz harakatlanmoqda va to‘laqonli sinovlarga tayyorlanmoqda. Ular orasida yo‘lovchilarni uydan eng yaqin do‘konga past tezlikda olib borayotganlari ham bor. Robomat startapi esa «Agar yo‘lovchi do‘konga bormasa, do‘kon yo‘lovchining oldiga keladi!» prinsipini tanlab, boshqacha yo‘l bilan borishga qaror qildi.
Robomat’dan bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar g‘ildiraklardagi avtomatlashtirilgan kichik kioska bo‘lgan haydovchisiz elektrfurgonni taqdim etdi. Bunday yuk mashinalaridan foydalanish do‘konlar tarmog‘iga yangi statsionar nuqtalarni ochishda pul tejash imkonini berib, faqat zaruriy buyumlarni kerakli tumanlarga yetkazib beradi, - deya hisoblaydi robot do‘konning yaratuvchilari. Ishlab chiquvchilarning ishonch bildirishicha, loyiha kelgusida mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha boshqa servislardan ortda qolmaydi, ba'zi holatlarda raqobatchilarni ham ortda qoldiradi.
«G‘ildiraklardagi do‘kon konsepsiyasi xaridor uchun yanada tushunarliroqdir», - deydi startap asoschisi Ali Ahmad.
Haqiqatan ham, g‘ildiraklardagi robomobil uchun allaqachon tayyor infratuzilma bor, uni yo‘llarda yaxshi yurishga o‘rgatsa bo‘ldi. Bundan tashqari, muzqaymoqqa ega eski furgonlar hali ham mashhurdir. Robokiosk yo‘lda lidarlar, radarlar va kompyuter ko‘zi tizimi yordami harakatlanadi, u turli masofalarda ko‘rish imkonini beradi. Ishlab chiquvchilar o‘z mahsulotlarini avtonomlikning beshinchi bosqichiga 2018 yilda olib chiqmoqchilar.
Bunday robotlashtirilgan do‘kon orqali xaridni amalga oshirish oson va yoqimli bo‘ladi: mijoz qiziqayotgan tovarni qo‘liga olsa bo‘ldi, kerakli pul miqdori smartfondagi tegishli ilovaga «bog‘langan» bank kartasidan yechib olinadi. Narxlar, qadoqlash sanasi va tarkib haqidagi ma'lumotni xaridor vitrinalarda o‘qishi mumkin. Mahsulotlar yangiligi uchun xavotir olmasa ham bo‘ladi - sovutish tizimi hamma narsani o‘zi qiladi.
Kichik yuk mashinasiga yana bir necha savol bor. Masalan, uni sotib olish yoki ijaraga olish qancha turadi? Va yana: vandallar bilan nima qilish kerak? Ishlab chiquvchilar bu savollarga hozircha javob bera olmadi.